Qurilish kompaniyalari uchun platforma

Qurilish ombordan boshlanadi

Ombor, ta'minot, PTO, sotuv va buxgalteriya — bitta tizimda. Material qaysi xonadonga ketgani va xonadon qancha foyda keltirgani bir joyda ko'rinadi.

Qo'lda OmborPro ilovasi ochilgan telefon
SKPRSN
Skladchi · Prorab · Ta'minotchi
Chiqim tasdiqlandi
A blok · 2-qavat · 8
Imzo qo'yildi

Hamma joyda bir xil ishlaydi

Android ilova
Windows dastur
Veb-sayt
Telegram bot
3 til

Bitta tizim —
butun qurilish

1Material omborga kiradi
2Blok, qavat, xonaga sarflanadi
3Xonadon sotiladi
4Obyekt foydasi ko'rinadi

Ombor

Kirim, chiqim, qoldiq va inventarizatsiya. Narx FIFO bo'yicha o'zi hisoblanadi.

Ta'minot

Zayavka, ta'minotchi, postavshik kabineti va bo'lib yetkazish.

PTO

Smeta, material limiti, Forma-2 va xonadon sxemasi.

Brigada va abyom

Bajarilgan ish imzo bilan qabul qilinadi, brigada hisobi yuritiladi.

Uy-joy sotuvi

Shaxmatka, lid, bron, shartnoma va to'lov grafigi.

Buxgalteriya

Pul oqimi, qarzdorlik, obyekt foydasi va PTO reja-fakti.

Kassa

To'lovlar, qarzlar, bank ko'chirmasi va aks sverka.

Telegram va hujjatlar

Har bosqichda xabar, imzo, PDF dalolatnoma va QR tekshiruv.

Har bir chiqim
o'z joyida hisobda

Blok, qavat, xona — bir bosishda

Podyezdlar va xonadonlar sxemadan bir marta yasaladi. Skladchi raqamini yozadi — tamom.

Shaxmatka · A blok2 podyezd · 99 xonadon
3-qavat
11
12
13
14
15
58
59
60
61
62
63
2-qavat
6
7
8
9
10
52
53
54
55
56
57
1-qavat
1
2
3
4
5
46
47
48
49
50
51

Qoldiq va sarf ko'z oldingizda

Narx FIFO bo'yicha o'zi hisoblanadi. Qaysi oyda qancha ketgani — obyekt kesimida.

Sement M400 · qoldiq38 qop

Imzo, dalolatnoma va QR kod — qog'ozsiz nazorat

Olib ketuvchi telefonda barmog'i bilan imzolaydi. Dalolatnoma o'zi tuziladi, QR kodi soxta hujjatni ushlaydi.

DalolatnomaTasdiqlangan
A blok · 2-qavat · 8
Nazorat kodi
QR · PDF
Hujjat haqiqiy
Imkoniyatlar

Kundalik ishning har bir qadami.

Ombordan buxgalteriyagacha — har bir jarayon bitta tizimda, bir-biriga bog'langan.

Real-time Kirim / Chiqim

Har bir operatsiya PostgreSQL bazasiga darhol yoziladi. FIFO narxlash avtomatik hisoblaydi.

Hisobotlar va Chartlar

Qoldiq, aylanma va foyda hisobotlari. PRO+ tarifida interaktiv chartlar va export.

Telegram Bot

Admin paneldan bir nechta bot qo'shing. Kirim, chiqim va hisobot Telegram orqali.

Ko'p Obyektli Boshqaruv

Bir nechta qurilish yoki savdo obyektini boshqaring. Har bir obyektga alohida ruxsat matritsasi.

Mobil Inventarizatsiya

Telefon orqali inventarizatsiya o'tkazing. Farqlar darhol aniqlanadi.

Transfer va Zayavka

Obyektlar orasida tovar ko'chiring. Ta'minotchi tizimi orqali zayavkalarni boshqaring.

Bank Import va Aks Sverka

XLS bank ko'chirmalarini import qiling. INN orqali firmaga bog'lang, aks sverka qiling.

Jurnal va Tarix

Har bir o'zgartirish tarixi saqlanadi. Kim, qachon, nimani o'zgartirgani — to'liq audit trail.

Postavshik kabineti

Postavshik narx, hisob-faktura va ETTN raqamini Telegramning o'zida kiritadi — brauzer ochish shart emas. Kabinetida barcha buyurtmalari, qarzdorligi va akt sverkasi turadi, PDF yoki Excel qilib yuklab oladi.

Elektron imzo va hujjat

Hujjat imzolangach PDF avtomatik keladi. Imzo ichiga hujjat raqami singdiriladi, har hujjatda nazorat kodi va QR bo'ladi — telefonda skanerlab tizimdagi asl nusxa bilan solishtiriladi.

Uy-joy sotuvi

Shaxmatka, lidlar, bronlar, shartnomalar, to'lov grafigi, kassa va qarzdorlik — alohida bo'lim. Ombordagi obyekt bir bosishda sotuvga ko'chadi, buxgalteriya ikkalasini birga ko'radi.

Bo'lib yetkazish

Katta buyurtma bir necha mashinada kelsa, har safar qancha ketayotgani kiritiladi — har mashinaga alohida nakladnoy va QR chiqadi. Qolgan miqdor o'zi hisoblanadi, ortiqcha kelgan yuk ham yozib olinadi.

Amaliyotdan

Ombordagi kundalik og'riq — va uning yechimi.

Quyidagilar o'ylab topilgan emas: har biri real qurilish obyektlarida ishlagan omborchilarning shikoyatidan keyin qo'shilgan.

"Sanoq yarmida telefon o'chdi — hammasi yo'q"

Inventarizatsiya serverda saqlanib boradi. Telefon o'chsa, ilova yopilsa ham kiritilgani joyida. Saqlangan sanoq tasdiqlamaguningizcha turaveradi va tasodifan ustiga yozilmaydi — ogohlantirish beradi.

"Omborda antenna chiqmaydi"

Ilova internetsiz ham ochiladi: oxirgi qoldiq keshda turadi, kiritgan kirim-chiqimingiz navbatga tushadi va aloqa tiklanishi bilan o'zi yuboriladi. Qog'ozga yozib, keyin qayta kiritish shart emas.

"Farq chiqdi — javobgar kim?"

Sanoq tasdiqlanayotganda skladchi va nazoratchi telefon ekranida qo'l qo'yadi. Imzolar akt PDF va Excel faylga tushadi, natija Telegram guruhiga yuboriladi. Har yozuvda kim kiritgani, kim o'zgartirgani va qachonligi saqlanadi.

"Tonnani kilo qilib yuboribman"

O'lchov birligi va narxni telefondan tuzatish mumkin — lekin faqat siz ruxsat bergan odam. Har tuzatish audit jurnaliga eski va yangi qiymati bilan yoziladi, summa avtomatik qayta hisoblanadi.

"Bu mahsulot qaysi obyektda qoldi?"

Qidiruv mahsulot qaysi obyektda nechta turganini ko'rsatadi. Qoldiq ustiga bossangiz — qachon kirim, qachon chiqim bo'lgani, yugurma qoldiq bilan; yana bossangiz to'g'ridan-to'g'ri jurnaldagi o'sha yozuvga o'tasiz.

"Kim so'radi, kim oldi, kim to'laydi — hammasi qog'ozda"

Zayavka → ta'minotchi taqsimlaydi → nakladnoy → yetkazib beruvchiga alohida havola → to'lov rejasi. Har bosqichda obyekt guruhiga Telegram xabari ketadi. Qog'oz va "eslab qolish" shart emas.

Har bir xodim —
o'z ekranida

Rahbar — hamma obyekt bir ekranda
Skladchi

Kirim, chiqim va inventarizatsiya telefondan. Internet uzilsa ham yoziladi, ulanganda o'zi yuboriladi.

Prorab — chiqimni tasdiqlaydi
Ta'minotchi — zayavkani yetkazadi
Kassir — to'lov va qarzlar
PTO — smeta, limit va xonadon sxemasi
Sotuv menejeri — shaxmatka va shartnomalar
Buxgalter — pul oqimi va obyekt foydasi
Omborda telefon ushlab turgan skladchi
SkladchiObyekt ombori · telefondan ishlaydi
Android ilova
Qanday ishlaydi

To'rt qadamda ishga tushing.

Ro'yxatdan o'tishdan to to'liq ishlashgacha — 15 daqiqa.

1

Ro'yxatdan o'ting

Admin yoki Owner akkauntini yarating. Obyektlaringizni qo'shing, omborlarni sozlang.

2

Foydalanuvchilar

Xodimlaringizni qo'shing, har biriga rol bering. RBAC v2 orqali aniq ruxsatlarni sozlang.

3

Kirim / Chiqim

Mahsulotlarni katalogga kiriting. Operatsiyalar FIFO narxlash bilan avtomatik hisoblanadi.

4

Hisobot va nazorat

Real-time hisobotlar, chartlar va bank aks sverka orqali biznesingizni to'liq nazorat qiling.

Telefonga va kompyuterga o'rnating.

Brauzerda ham to'liq ishlaydi — bu ilovalar qulaylik uchun: skaner, offline rejim va o'z oynasi.

Diqqat: ilova login va parol bilan ishlaydi. Yuklab olish mumkin, lekin hisobingiz bo'lmasa ichkariga kira olmaysiz — ma'lumot ko'rinmaydi. Hisob ochish yoki demo uchun murojaat qiling:

Android "noma'lum manba" haqida ogohlantirsa — bu normal: ilova Play Market orqali emas, to'g'ridan-to'g'ri shu saytdan tarqatiladi. Yangilanish ilovaning o'zida xabar qilinadi.

Tariflar

Sizning biznesingizga mos tarif.

Boshlang'ich ombor nazoratidan to to'liq korporativ workflow'gacha.

SINOV
14 kun bepul
0 so'm
keyin tarif tanlaysiz
  • ✓Hamma imkoniyatlar ochiq
  • ✓Barcha modullar
  • ✓Telegram bot va ilovalar
  • ✓Karta va shartnoma shart emas
  • ·15–21-kun: faqat ko'rish
  • ·Tarif tanlanmasa — zaxiraga olinib o'chiriladi
Boshlash
Eng mashhur
PRO
O'sish uchun
2 750 000 so'm
/ oyiga
  • ✓Qoldiq va asosiy jurnal
  • ✓Kirim / Chiqim to'liq
  • ✓Filtrlash va hisobotlar
  • ✓Telegram bot
  • ✓Ko'p obyekt
  • –Inventarizatsiya
Boshlash
PRO+
Murakkab biznes uchun
3 990 000 so'm
/ oyiga
  • ✓PRO ichidagi hammasi
  • ✓Inventarizatsiya
  • ✓Chartlar va premium hisobot
  • ✓Ta'minotchi workflow
  • ✓Bank import va aks sverka
  • ✓Rasxot moduli (FIFO)
Boshlash
ENTERPRISE
Korporativ uchun
Kelishilgan
individual narx
  • ✓PRO+ hammasi
  • ✓Custom integratsiya
  • ✓Ishga tushirishda yordam
  • ✓Prioritet support 24/7
  • ✓Jarayonni moslashtiramiz
  • ✓SLA kafolati
Murojaat qilish
Taqqoslash

OmborPro vs Excel

Nima uchun Excel yetarli emas?

XususiyatOmborProExcelOddiy dastur
Real-time sinxronizatsiya✓–~
Telegram bot orqali ishlash✓––
FIFO narxlash✓–~
Ko'p foydalanuvchi va ruxsatlar✓–~
Bank aks sverka✓––
Ta'minotchi tokenli URL✓––
Mobil inventarizatsiya✓–~

Hoziroq boshlang.

Demo ko'ring yoki savollaringizni bering. Javob 1 soat ichida.

Demo so'rash

Kontaktingizni qoldiring, siz bilan bog'lanamiz.

Spam yo'q. Ma'lumotlaringiz xavfsiz saqlanadi.

OmborPro
Qurilish kompaniyalari uchun platforma
Bitta tizim — butun qurilish
  • 01Ombor
  • 02Ta'minot
  • 03PTO
  • 04Uy-joy sotuvi
  • 05Buxgalteriya
Hamma joyda bir xil ishlaydi
  • Android ilova
  • Windows dastur
  • Veb-sayt
  • Telegram bot
  • 3 til